Inyaki Uilyams Barselonani mag‘lub etish uchun kelganini aytdi

Bilbaoning «Atletik» klubi hujumchisi Inyaki Uilyams Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. O‘yin 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uilyams 2021 yilgi Superkubok bahslarida jamoasi taxminlarga qarshi ravishda ham «Real Madrid», ham «Barselona»ni yenga olganini eslatib o‘tdi.
«Biz bu o‘yinni juda kutyapmiz. Bu yerga g‘alaba uchun keldik. Avval ham shunday qilganmiz — «Real»ni ham, «Barselona»ni ham yutganmiz. Yana kutilmagan natija ko‘rsatishimiz mumkin», — deya futbolchining so‘zlarini klub rasmiy sayti keltiradi.
«Barcha kuchimizni beramiz. Bizning paytimiz keladi. Bu natija ruhiyatimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Umid qilamanki, buni uddalaymiz», — dedi Uilyams.
Uchrashuvning boshlanish hushtagi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!