Arsenalning chempionlik imkoniyati deyarli 90 foizga yetdi

Londonning «Arsenal» jamoasi APL chempionlik poygasida hanuz eng yaqqol favorit bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Payshanba kuni «kanonirlar» ta’qibchilardan ochkolar farqini sakkiztagacha oshirish imkoniga ega edi, biroq «Liverpul» bilan uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi — 0:0. Shunga qaramay, Opta superkompyuteri «Arsenal»ning uzoq kutilgan chempionlikka erishish ehtimolini juda yuqori baholadi — qariyb 87%. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» (8,6%), undan keyin «Aston Villa» (4,2%). «Liverpul»ning titulni saqlab qolish imkoniyati esa deyarli yo‘q — atigi 0,16%.
«Arsenal» APLdagi oxirgi chempionligini hozircha 2004 yilda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing