date

Riancho: Zahar yanda Real Sosedadda o'rnashib olish imkoniyati bor

Riancho: Zahar yanda Real Sosedadda o'rnashib olish imkoniyati bor

Ispaniyalik murabbiy Raul Riancho rossiyalik yarimhimoyachi Arsen Zaharyanning «Real Sosedad»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis futbolchiga Rossiyaga qaytishga shoshilmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rianchoning aytishicha, Zaharyan La Liga sharoitiga allaqachon moslashib bo'lgan, yangi bosh murabbiy esa unga maydonda ko'proq imkoniyat berishi kutilmoqda. «U yaxshi futbolchi va «Sosedad»da o'z o'rnini mustahkamlab olish uchun hali ham imkoniyatlari bor», — deya uning so'zlarini keltiradi Rusfootball.

Zaharyan 2023 yilda «Real Sosedad» safini to'ldirgan. Joriy mavsumda 22 yoshli yarimhimoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 15 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Futbolchining San-Sebastyan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riancho: Zahar yanda Real Sosedadda o'rnashib olish imkoniyati bor