date

Kim Min Je Bavariyadan ketishi haqidagi gaplarga javob berdi

Kim Min Je Bavariyadan ketishi haqidagi gaplarga javob berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Kim Min Je qishki transfer oynasidayoq jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Schwabische Zeitung nashriga bergan intervyusida koreyalik futbolchi «Bavariya»dan ketish haqida umuman o‘ylamaganini aytdi. U Myunxenda o‘zini juda qulay his qilayotganini, klubga kelganidan beri jamoa tomonidan iliq kutib olinganini ta’kidladi. Kimning bu yilgi asosiy maqsadlari — «Bavariya» bilan trebl yutish, asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlash va har doim maydonga chiqishga tayyor turish.

Kim Min Je 2023 yil yozida «Napoli»dan 50 million yevro evaziga «Bavariya»ga o‘tgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi 17 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kim Min Je Bavariyadan ketishi haqidagi gaplarga javob berdi