date

Mbappe Ispaniya Superkubogi finaliga xususiy samolyotda yo‘l oldi

Mbappe Ispaniya Superkubogi finaliga xususiy samolyotda yo‘l oldi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Saudiya Arabistoni tomonga yo‘lga chiqqani ma’lum qilindi. Bu haqda madridistaReal xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, fransuz futbolchisi Ispaniya Superkubogi final uchrashuviga xususiy samolyotda uchib bormoqda. Qayd etilishicha, Mbappe so‘nggi soatlarda “Barselona”ga qarshi bahsga tayyor holatda yetib kelish uchun tiklanish ustida juda jiddiy ishlagan.

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi final yakshanba, 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning boshlang‘ich hushtagi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar so‘nggi besh o‘yinning to‘rttasida “qirollik klubi”ni mag‘lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Ispaniya Superkubogi finaliga xususiy samolyotda yo‘l oldi