Semenyo APLdagi eng qimmat afrikalik transferlar ro'yxatida to'rtinchi bo'ldi

"Manchester Siti" "Bornmut"dan qanot hujumchisi Antuan Semenyoni rasman o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Transfer ortidan Transfermarkt qiziqarli statistikani keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portal bahosiga ko'ra, Semenyo 72 mln yevroga tushdi va shu tariqa APL klublari tomonidan xarid qilingan afrikalik futbolchilar orasida to'rtinchi eng qimmat transferga aylandi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha "Siti"ning Omar Marmush uchun to'lagan summasi (75 mln yevro) yuqoriroq. Xuddi shunday 75 mln yevro evaziga "Manchester Yunayted" Brayan Mbeumoni tarkibiga qo'shib olgan. Hozircha rekord esa 2019 yilda qayd etilgan: "Arsenal" "Lill"dan Nikolya Pepeni 80 mln yevroga sotib olgandi.
Semenyoning "Manchester Siti" safidagi debyuti qachon bo'lishi hozircha aniq aytilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!