date

Gvardiola yangi yulduz Semenyo haqida kutganlarini aytdi

Gvardiola yangi yulduz Semenyo haqida kutganlarini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga endigina qo‘shilgan Antuan Semenyo borasidagi fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

25 yoshli vinger «Bournemouth»dan «shaharliklar» safiga o‘tdi. Transfer narxi taxminan 75 mln yevroni tashkil etdi.

Gvardiolaning aytishicha, ayrim futbolchilar erta porlaydi, boshqalariga esa vaqt kerak bo‘ladi. Mutaxassis muvaffaqiyatsizlik va qiyinchiliklar har bir o‘yinchini shakllantirishini ta’kidladi: Semenyo mehnat va matonat bilan oxiri yirik sahnaga chiqqanini, endi esa ilk bor Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘layotganini alohida qayd etdi. U murabbiy fikricha, yevrokuboklarda hali maydonga tushmagan bo‘lsa-da, katta ishtiyoq va “olov”ni jamoaga olib kiradi.

Semenyoning «Manchester Siti»dagi debyuti bugunoq Angliya kubogida «Exeter»ga qarshi uchrashuvda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola yangi yulduz Semenyo haqida kutganlarini aytdi