date

Bundesliga yulduzi Yan Diomande Liverpulda o‘ynashni xohlaydi

Bundesliga yulduzi Yan Diomande Liverpulda o‘ynashni xohlaydi

«RB Leyptsig» vingeri Yan Diomande kelajakda «Liverpul» safida to‘p surishni orzu qilayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli futbolchi Bundesliganing eng yorqin yosh iste’dodlaridan biri sifatida tilga olinmoqda. Ivuarlik qanot hujumchisiga «Manchester Yunayted», «Bavariya», «Tottenhem», «PSJ» va boshqa nufuzli klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor.

«Men “Enfild”da o‘ynashni xohlayman, “Liverpul” futbolchisi bo‘lishni istayman. Men “Liverpul”ning katta muxlisiman. Otamning orzusi — meni shu jamoa tarkibida ko‘rish», — dedi Diomande. Uning so‘zlarini ingliz OAV keltirmoqda.

Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 45 mln yevroga baholagan. Biroq «RB Leyptsig» iqtidorli futbolchi uchun taxminan 100 mln yevro atrofida narx so‘rayotgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bundesliga yulduzi Yan Diomande Liverpulda o‘ynashni xohlaydi