Sergey Yuran Turkiyadagi ikki klubdan taklif kutmoqda

Mashhur murabbiy Sergey Yuran Turkiyaning ikki klubi uning xizmatlariga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Mutaxassis qaysi jamoalar ekani haqida aniq nom aytmadi, biroq ular qaysi divizionda o‘ynashini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yuranning so‘zlariga ko‘ra, u agenti bilan doimiy aloqada: bir taklif Turkiya Superligasidan, ikkinchisi esa Birinchi ligadan kelmoqda. Murabbiy yaqin kunlarda bu borada aniqlik paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Yuran ikki oydan ortiq vaqt davomida murabbiyliksiz. Oktyabr oxirida u «Serik Belediyespor» klubidagi bosh murabbiylik lavozimini tark etgan, u yerda bor-yo‘g‘i 11 rasmiy uchrashuvda jamoani boshqargan edi.
Bir hafta avval Yuran hozircha shunchaki dam olayotganini aytgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!