date

Manchester Yunayted murabbiy tanlashda Fergyusonga murojaat qilmaydi

Manchester Yunayted murabbiy tanlashda Fergyusonga murojaat qilmaydi

“Manchester Yunayted” Ruben Amorim bilan hamkorlikni yakunladi va yangi bosh murabbiy izlash jarayonini boshlab yubordi. Klub ichki rejaga ko‘ra, kelasi haftada mavsum oxirigacha ishlaydigan vaqtinchalik murabbiyni tayinlashi kutilmoqda, yozda esa doimiy boshqaruvchiga aniq qaror qilinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Mirror xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati nomzod tanlash masalasida klub afsonasi ser Aleks Fergyuson bilan maslahatlashmoqchi emas. Manbada ta’kidlanishicha, klub egalari legendaning fikriga tayanishni istamayapti.

Fergyuson 2013 yilda murabbiylikdan ketgan, uning davrida “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida 20 marta g‘olib chiqqan. Shundan beri mankunianlar Premer-liga chempionligini qayta qo‘lga kirita olmagan.

Avvalroq matbuotda “Manchester Yunayted”ning qisqa ro‘yxatida Karlo Anchelotti hamda terma jamoalarda ishlayotgan yana ikki murabbiy borligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted murabbiy tanlashda Fergyusonga murojaat qilmaydi