Matvey Kislyak Rossiya terma jamoasida o'ynash sharaf ekanini aytdi

CSKA yarim himoyachisi Matvey Kislyak fuqarolikni o'zgartirish ehtimoli borasidagi savollarga munosabat bildirdi. Avvalroq Norvegiya pasportini olish masalasi Budyo-Glimt darvozaboni Nikita Haykin atrofida ham muhokama qilingan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kislyakning ta'kidlashicha, u taxminiy holatlar haqida bahs yuritishni yoqtirmaydi. Futbolchi o'zini rus deb bilishini, Rossiya terma jamoasi safida maydonga tushish esa u uchun sharaf va faxr ekanini qayd etdi.
CSKA akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan 20 yoshli futbolchi 2023 yildan buyon asosiy jamoada to'p surmoqda. Joriy mavsumda u 27 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing