date

Kanchelskis Amorimning iste'fosidan keyingi kulgisini tanqid qildi

Kanchelskis Amorimning iste'fosidan keyingi kulgisini tanqid qildi

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Ruben Amorim ishdan bo‘shatilganidan keyin kayfiyati ko‘tarinki ko‘ringani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlik yakunlanganini 5 yanvar kuni ma’lum qildi. Oradan ko‘p o‘tmay Britaniya OAVda Amorimning yuzida tabassum bilan tushgan suratlari tarqaldi.

Kanchelskis bu holatni keskin baholab, “Bunday pul bo‘lsa, istalgan odam kuladi. U hatto bunday qilish mumkin emasligini ham tushunmayapti”, deya “SE”ga bergan intervyusida aytdi.

Shuningdek, u “Manchester Yunayted” kabi ulkan klubda iste’fo har qanday murabbiy uchun og‘ir zarba bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Kanchelskis sobiq ittifoq davrini ham eslab, o‘sha paytlarda futbolchi va murabbiylar mag‘lubiyatlardan keyin ko‘zga ko‘rinmaslikka harakat qilishganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ni 2024 yil kuzidan buyon boshqarib kelgan. O‘tgan mavsum uning qo‘l ostida “qizil iblislar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis Amorimning iste'fosidan keyingi kulgisini tanqid qildi