Rafinya Barselona o'tgan mavsumdagi natijani takrorlay oladi

"Barselona" vingeri Rafinya Dias Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoaning mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi "el klasiko"da "qaymoqranglilar" darvozasiga ikki bor yo'l topib, "ko'k-anorranglilar"ga joriy kampaniyadagi ilk sovrinni olib kelishda muhim rol o'ynadi. Final 3:2 hisobida yakunlandi.
"Biz o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni qaytarishimiz mumkin. Ko'ryapmanki, jamoa ancha ulg'aydi, yanada kuchli bo'lish uchun hammasi bor. Avvalgi mavsumda erishganlarimizni yana uddalay olamiz — bu ko'proq o'zimizga bog'liq. Biz to'liq diqqatni jamlaganmiz", — dedi Rafinya finaldan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2024/25 mavsumida "Barselona" Ispaniya Superkubogi, mamlakat kubogi va La Ligani qo'lga kiritgan, Chempionlar ligasida esa yarim finalgacha yetib borgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!