date

Lukas Paketa APLdagi top-klubga ko‘chishi mumkin

Lukas Paketa APLdagi top-klubga ko‘chishi mumkin

«Vest Hem»ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda taniqli jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, «shporlar» 28 yoshli futbolchini transfer qilish bo‘yicha «bolg‘achilar»ga 30 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan. Ta’kidlanishicha, braziliyalik «Flamengo» ham futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq «Vest Hem» Paketani joriy qishda sotishga tayyor ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Joriy mavsum APLda Paketa 18 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lukas Paketa APLdagi top-klubga ko‘chishi mumkin