date

Xulian Alvares APLga qaytishi mumkin, Man Yunayted qiziqmoqda

Xulian Alvares APLga qaytishi mumkin, Man Yunayted qiziqmoqda

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yana Angliya Premer-ligasida to‘p surishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Footysm xabariga ko‘ra, argentinalik forvardni tarkibiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» Alvaresni transfer bozoridagi asosiy maqsad sifatida belgilab olgan va futbolchini klubga ko‘ndirish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi.

Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u «matraschilar» safida barcha musobaqalarda 25 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va 5 assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xulian Alvares APLga qaytishi mumkin, Man Yunayted qiziqmoqda