date

Tottenxem Frankni bo'shatish uchun 23 mln yevro to'lashi mumkin

Tottenxem Frankni bo'shatish uchun 23 mln yevro to'lashi mumkin

Tottenxem bosh murabbiyi Tomas Frank yaqin orada lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Indykaila News xabariga ko'ra, “shporlar” tarkibidagi ayrim futbolchilar daniyalik mutaxassis iste'foga chiqarilishiga ishonmoqda. Agar London klubi murabbiyni ishdan bo'shatish qarorini qabul qilsa, shartnoma bekor qilinishi uchun Frankka 23 million yevro miqdorida kompensatsiya to'lashiga to'g'ri keladi. Bu summa uning Tottenxem bilan amaldagi kelishuvining qolgan qismi bo'yicha belgilangan.

Tomas Frank Tottenxemni 2025 yil yozida qabul qilib olgandi. Hozirda jamoa APL turnir jadvalida 21 turdan so'ng 27 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda. 10 yanvar kuni London klubi Angliya kubogi 1/32 finalida o'z maydonida Aston Villaga 1:2 hisobida yutqazdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenxem Frankni bo'shatish uchun 23 mln yevro to'lashi mumkin