Semeno kelishi Man Siti yarim himoyachisi Bobbni ketishga undashi mumkin

Norvegiyalik yarim himoyachi Oskar Bobb «Manchester Siti»ni tark etishi ehtimoli bor. Bu holat jamoaga ganalik vingер Antuan Semeno kelishi fonida yuzaga kelgani aytilmoqda, deya xabar berdi insayder Florian Plettenberg. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli skandinav futbolchisiga Dortmundning «Borussiya» klubi qiziqish bildirmoqda. «Asalarilar» Bobbning «shaharliklar» safidagi kelajagi bo'yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Bobbning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsum APLda norvegiyalik futbolchi 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing