Karim Benzema faoliyatini yakunlagach Realga qaytadi

Karim Benzema futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng “Real” tizimiga qaytadi. Jurnalist Xorxe Pikon ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, fransuz hujumchisi Madrid klubi bilan bu borada oldindan kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, Benzema butsasini mixga ilgach, “qaymoqranglilar”ning elchisi sifatida faoliyat yuritadi va klubni turli tadbirlarda namoyon qiladi.
Benzema futbolchi sifatida 2009–2023 yillarda “Real” safida to‘p surgan. 14 mavsum davomida u 648 uchrashuvda maydonga tushib, 354 gol urgan hamda jamoadoshlariga 156 ta golli pas uzatgan.
Hozirda 38 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida o‘ynamoqda. Fransuzning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!