Manchester Siti Gehi bo'yicha rasmiy taklif kiritmoqchi

Himoya chizig'idagi kadrlar tanqisligi “Manchester Siti”ni transfer bozorida yangi markaziy himoyachi izlashga undamoqda. Jurnalist Ben Jeykobs hamkasbi Aleks Kruk ma'lumotiga tayanib, so'nggi kunlarda “shaharliklar” “Kristal Pelas” bilan Mark Gehi masalasida muzokara o'tkazganini yozdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” 25 yoshli himoyachi uchun yanvar oyidayoq rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor. Klub transfer oynasi davomida “Kristal Pelas” 35 million funt (taxminan 40 mln yevro) atrofidagi talabini pasaytirishidan umid qilmoqda.
“Burgutlar” esa Gehini yozda erkin agent sifatida boy berib qo'ymaslik uchun uni sotishga qarshi emas. Londonliklarning yuqori narx so'rashi esa futbolchining o'rniga munosib o'rinbosar topish zarurati bilan bog'liq.
Qayd etilishicha, Gehi boshqa klublar e'tiborida ham bor, biroq ularning aksariyati transferni yozda amalga oshirishga ko'proq yo'nalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!