Xabi Alonso isteʼfodan oldin Realni keskin tanqid qildi

Xabi Alonso dushanba kuni «Real» bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. El Larguero dasturida aytilishicha, isteʼfo bo‘yicha qaror qabul qilingan uchrashuvda mutaxassis klub ish uslubini ochiq tanqid qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Alonso futbolchilarga haddan tashqari ko‘p vakolat berilmasligi kerakligini taʼkidlagan. U klub doim o‘yinchilar tomonini olsa, murabbiy uchun kiyinish xonasida tartib va nazoratni ushlab turish ancha qiyinlashishini urg‘ulagan.
«Real»ning yangi bosh murabbiyi etib Alvaro Arbeloa tayinlandi. Jamoa navbatdagi o‘yinini 14-yanvar, chorshanba kuni Ispaniya Kubogida «Albasete»ga qarshi o‘tkazadi, uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing