Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “S” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Jiddaning “Al-Ahli” va Toshkentning “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi.
Prince Abdullah al-Faisal Stadium maydonida o‘tgan bellashuvda saudiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Al Soma hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada Samlan Muvashar hisobni oshirdi. Uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi va “qaldirg‘ochlar” 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi.
Mazkur guruhdan o‘rin olgan yana bir o‘yinda BAAning “Al-Ayn” klubi o‘z maydonida Eronning “Zob Ahan” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
OChL–2017. “S” guruhi, 1-tur
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O‘zbekiston) 2:0
Gollar: Al Soma (13), Salman Muvashar (53)
Ogohlantirishlar: Al Bassas (84) – Ahmadaliev (67)
“Al Ahli”: Al Musaylim, Salman Muvashar, Al Jassim, Umar Al Soma (Aseri, 90), Yannis Fetfatsidis (Al Bassas, 71), Muhammad Abdulshafi, Said Al Muvallad, Mutaz Havsavi, Said Rubaie, Abdulfattoh Tovfiq (Al Mogahvi, 79), Saad Abdulamir.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Vadim Chemirtan, 56), Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov, 72), Ahmadaliev, Otabek Shukurov (Alisher Sanoyev, 61). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?