
Ispaniya chempionati 16-turining qoldirilgan bahsi «Valensiya» – «Real Madrid» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Mestalya»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Valensiya» «Qirollik klubi»ni mag‘lubetdi, deb yozadi Uff.uz sayti.
Uchrashuv debyutidayoq mezbonlar madridliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol etdilar. 4-daqiqada Simone Zaza hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Fabian Orelyana oradagi farqni oshirdi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Krishtiano Ronaldu hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa «Real» bitta o‘yin zaxirasi bilan birinchi o‘rinda turibdi va «Barselona»dan bir ochko ko‘proq jamlagan.
Ispaniya chempionati, 16-tur
Valensiya – Real Madrid 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Zaza, 2:0 – 9 Orelyana, 2:1 – 44 Ronaldu.
Valensiya – Diego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Zaza (Suares, 74), Munir.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Zaza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar