Luka Toni Allegri Milan tarkibini yaxshi o'rgandi deb hisoblaydi

Italiyalik sobiq hujumchi Luka Toni Massimiliano Allegri «Milan»da mavjud futbolchilarning imkoniyatlarini inobatga olib, jamoa o'yin uslubini shakllantirayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Toni fikricha, Allegri tarkibdagi himoyachilarning ayrim zaif tomonlarini ham to'g'ri baholagan: markaziy himoyachilar raqib hujumchilariga qarshi yakkama-yakka vaziyatlarda unchalik ishonchli emasligini ko'rib, ularni yarim himoyachilarga yaqinroq joylashtirgan. Natijada esa Leau va Pulishich hujumga yorib kirishda qo'shimcha o'n metr tezlanish imkonini oladi — Toni ta'kidlaganidek, Allegri aynan shuni xohlaydi.
Hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda milanliklar poytaxtning «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!