Trent Realni tark etishni o‘ylamoqda va yangi top-klubni tanladi

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o‘tgan yozda "Liverpul"ni ortda qoldirib, "Real" safiga kelib qo‘shilgandi. Biroq uning Ispaniyadagi faoliyati kutilganidek ketmayapti — ingliz futbolchisini jarohatlar tinch qo‘ymayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, Trent "Real"dagi holatidan norozi va yozgi transfer oynasi oldidan klubini o‘zgartirish bo‘yicha qadamlar tashlashni boshlagan. Manbaga ko‘ra, Aleksander-Arnoldning navbatdagi manzili "Bavariya" bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, transfer amalga oshishi uchun madridliklarning roziligi zarur: futbolchining shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha amal qiladi, tovon puli esa 1 milliard yevro etib belgilangan. "Real"da esa Trent yana yuqori darajasiga qaytib, jamoa uchun muhim figuraga aylanishiga ishonishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!