Manchester Yunayted Palmer uchun 120 milliondan ko'proq to'lashi mumkin

Chelsining yarim himoyachisi Koul Palmer yozda Manchester Yunayted safiga o'tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, futbolchi mavsum yakunida MYUga qo'shilishga tayyor. So'nggi paytlarda Palmer tez-tez jarohat olishi va natijadorligi pasaygani uchun tanqidga uchrayapti, shu bois u APL doirasida klubini almashtirishni salbiy qadam deb hisoblamaydi. Uning uchun Manchesterdagi turmush tarzi ham qaytish g'oyasini jozibador qilmoqda. Manbalarga ko'ra, Manchester Yunayted bu transfer uchun 120 million yevrodan ortiq mablag' to'lashi kerak bo'ladi.
Koul Palmer 2023 yilda Manchester Sitidan Chelsiga 47 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning “ko'klar” bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 13 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.