Rinat Dasaev Arsen Zaharyan kelajagi haqida fikr bildirdi

Afsonaviy darvozabon Rinat Dasaev jurnalistlar bilan suhbatda rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaharyanning “Real Sosedad”dagi istiqboli yuzasidan o‘z qarashlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Zaharyan Rossiyaga qaytish kerakmi-yo‘qmi, qarorni o‘zi qabul qilishi lozim. Agar u o‘zini tayyor his qilsa, demak Ispaniyada qolishi kerak”, — deya Dasaev so‘zlarini “RB Sport” keltirdi.
Avvalroq matbuotda ispan klubi yangi bosh murabbiyi 22 yoshli rossiyalik futbolchini jamoa rejalariga kiritmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Zaharyan “Real Sosedad” safida 2023 yil yozidan buyon o‘ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 16 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing