Luis Enrike Anchelottining eng muhim fazilatini aytdi

"Zenit" hujumchisi Luis Enrike Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ishlash taassurotlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi "Match TV"ga bergan intervyusida Anchelottining eng katta kuchi — o'yinchilarni tinglashi va ular bilan doimiy muloqot qilishi ekanini ta'kidladi. Enrikening so'zlariga ko'ra, murabbiy futbolchilardan qaysi pozitsiyada o'zini qulay his qilishi haqida so'raydi va jamoa g'oyalarini ular bilan birga shakllantiradi.
Shuningdek, hujumchi Anchelotti har bir ijrochiga ko'p maslahat berishini, futbolchilarning kundalik hayotiga ham maksimal darajada e'tibor qaratishini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti 2025 yil may oyida Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. 66 yoshli mutaxassis yaqin orada jamoa bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!