date

Arbeloa Vinisiusning shartnomasi uzayishi haqida fikr bildirdi

Arbeloa Vinisiusning shartnomasi uzayishi haqida fikr bildirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli borasida o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida Arbeloa braziliyalik futbolchining jamoada uzoq qolishini istashini ta'kidladi, biroq yakuniy qaror futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuvga bog'liqligini aytdi.

Vinisius 2018 yilda «Flamengo»dan «Real»ga 45 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi bitimi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u Madrid klubi safida 30 o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 11 ta golga uzatma berdi.

Eslatib o'tamiz, Alvaro Arbeloa yanvar oyida, klubni Xabi Alonso tark etganidan so'ng «Real» bosh murabbiyi lavozimini qabul qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Vinisiusning shartnomasi uzayishi haqida fikr bildirdi