date

Kompani 39 yoshli Djekoning Shalkega o'tishini baholadi

Kompani 39 yoshli Djekoning Shalkega o'tishini baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani 39 yoshli hujumchi Edin Djekoning «Shalke» safiga ko'chib o'tgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani Djekoning shu yoshda ham yuqori saviyada to'p surayotgani uning professionalligi bilan izohlanishini ta'kidladi. Murabbiy so'zlariga ko'ra, jamoa ichida bu mavzu darvozabon Manuel Noyer bilan ham tez-tez tilga olinadi va bunday formada uzoq qolishning kaliti aynan intizom hamda kasbga munosabatdir.

«Hozirgi bosqichda uning transferi “Shalke” uchun juda muhim bo'lishi mumkin. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman», — dedi Kompani klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Edin Djeko va Vensan Kompani 2011–2015 yillarda «Manchester Siti»da birga o'ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani 39 yoshli Djekoning Shalkega o'tishini baholadi