date

Gvardiola Manchester Sitidagi tarkibidan mamnun ekanini aytdi

Gvardiola Manchester Sitidagi tarkibidan mamnun ekanini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining hozirgi holati va futbolchilarining saviyasini juda yuqori baholadi. Mutaxassis bu haqda juma kungi matbuot anjumanida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gvardiolaning ta’kidlashicha, uning qo‘l ostida juda kuchli tarkib bor va u buni shubhasiz “fantastik jamoa” deb hisoblaydi.

Ayni paytda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 24 yanvar kuni “Vulverhempton”ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Manchester Sitidagi tarkibidan mamnun ekanini aytdi