Bavariya va Upamekano yangi shartnoma bo'yicha muzokarani davom ettirmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma masalasida hanuz yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Bu haqda jurnalist Maksimilian Kox xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar ikki asosiy band ustida tortishmoqda: kelishuvning amal qilish muddati va shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari. Futbolchining klubda qolish muddati 2030 yoki 2031 yilgacha bo'lishi mumkin. Muddatidan oldin bekor qilish bandi esa o'yinchi istagiga ko'ra 2027 yildan, klub talabi bilan esa 2028 yildan kuchga kirishi muhokama qilinmoqda.
Asosiy moliyaviy shartlar allaqachon kelishilgan: Upamekanoning maoshi 20 million yevro, imzo uchun bonus ham xuddi shuncha bo'lishi ko'zda tutilgan. Muzokaralarda bir oylik kechikish bo'lishiga qaramay, himoyachining jamoada qolish ehtimoli yuqori.
Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz futbolchi 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 1 ta assist amalga oshirdi va 7 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!