date

Karik Mainu haqida fikrlarini ochiq aytdi

Karik Mainu haqida fikrlarini ochiq aytdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karik yarim himoyachi Kobbi Mainuning hozirgi holati va jamoaga qaytishi borasida o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi Ruben Amorim davrida maydonda kam ko'ringandi, biroq yangi murabbiy qo'l ostida asosiy tarkibga qaytdi. APLning o'tgan turida Mainu manchester derbisida "Manchester Siti" ustidan 2:0 hisobidagi g'alabaga hissa qo'shib, uchrashuvni oxirigacha o'tkazdi.

"Kobbi bilan ishlash menga yoqadi, uni juda yoshligidan bilaman. Tarkibga shunchalik tez kirib kelish, shu darajada tez o'sish va muhim o'yinlarda o'zini ko'rsatish — katta gap. Har bir futbolchining faoliyatida ko'tarilish ham, pasayish ham bo'ladi, ammo o'tgan hafta hamma Mainu nimalarga qodirligini ko'rdi", — dedi Karik matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "MYU" safarda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karik Mainu haqida fikrlarini ochiq aytdi