date

Mostovoy Villarreal Real uchrashuvida madridliklarni favorit dedi

Mostovoy Villarreal Real uchrashuvida madridliklarni favorit dedi

Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida Madridning «Real» jamoasi safarda «Villarreal»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilik haqida sobiq «Spartak» futbolchisi Aleksandr Mostovoy o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, bahs sermahsul bo'lishi kutilmoqda va ustunlik «Real» tomonida. Mostovoy Mbappe, Vinisius va Valverde jismoniy holati yaxshi ekanini qayd etib, o'yinda madridliklar g'alaba qozonishini taxmin qildi.

«Villarreal» — «Real» uchrashuvi bugun, 24 yanvar kuni «sariq suv osti kemasi»ning uy stadionida bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

O'yin arafasida mezbonlar La Ligada 3-o'rinda, mehmonlar esa 2-pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy Villarreal Real uchrashuvida madridliklarni favorit dedi