date

Musiala jarohatdan so‘ng maydonga qaytib, o‘zini tirik his qildi

Musiala jarohatdan so‘ng maydonga qaytib, o‘zini tirik his qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala jarohatdan keyin yana maydonga qaytgani va bu holat unga qanday ta’sir qilgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«O‘zimni tirikdek his qilyapman. Futbolni tribuna yoki ekran ortidan tomosha qilish emas, maydonda bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Bunday jarohatdan keyin ko‘p narsani yanada chuqurroq anglaysan. Endi faoliyatimda yangi bob boshlanyapti va umid qilamanki, bundan ham kuchliroq bo‘laman», — deya futbolchining so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Musiala uzoq tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini 17 yanvar kuni o‘tkazdi.

«Bavariya» navbatdagi o‘yinini uy maydonida «Augsburg»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv bugun, 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va start hushtagi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiala jarohatdan so‘ng maydonga qaytib, o‘zini tirik his qildi