date

Marselo Brozovich mavsum oxirida Al-Nasrni tark etadi

Marselo Brozovich mavsum oxirida Al-Nasrni tark etadi

Yarim himoyachi Marselo Brozovich “Al-Nasr”dagi faoliyatini yakunlash arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko‘ra, Saudiya klubi 33 yoshli futbolchi bilan amaldagi bitimni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Xorvatiyalik futbolchi esa shartnomani yangilash masalasida siljish bo‘lmagani uchun noroziligini bildirgan va agentiga Yevropadan yangi variantlar topishni topshirgan.

Brozovich 2023 yilda “Inter”dan 15 million yevro evaziga “Al-Nasr”ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 4 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Brozovich mavsum oxirida Al-Nasrni tark etadi