Ter Shtegen Girona safida maydonga tusha olmayapti

Girona tarkibiga ijara asosida kelib qoʻshilgan Mark-Andre ter Shtegen roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida muammoga duch keldi. Bu haqda Legalbet xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Liga qoidalariga ko‘ra, darvozabonlar faqat 1, 13 va 25-raqamli futbolkalarda o‘ynashi mumkin. Girona jamoasida esa bu uch raqam allaqachon band. Endi klub Ter Shtegenni roʻyxatdan o‘tkazish uchun uch darvozabondan biri — Dominik Livakovich, Vladislav Krapivtsov yoki Paulo Gassanigodan biri bilan xayrlashishi kerak.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Girona Livakovichni Zagrebning Dinamo klubiga yuborishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin Ter Shtegen asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. 33 yoshli germaniyalik posbon bel jarohati sabab mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborgan va hozircha atigi 1 o‘yinda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!