date

Brunu Fernandesh Runi qayd etgan natijani takrorladi

Brunu Fernandesh Runi qayd etgan natijani takrorladi

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh yana bir bor assisti bilan ajralib turdi. Yakshanba kuni portugaliyalik futbolchi safarda «Arsenal» ustidan kutilmagan g'alabaga (3:2) hissa qo'shdi: u 50-daqiqada Patrik Dorguga gol urdirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Joriy mavsum APLda Fernandeshning golli uzatmalari soni 10 taga yetdi. Opta ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli yarim himoyachi Ueyn Runidan keyin ketma-ket ikki APL mavsumida ham ikki xonali assist ko'rsatkichiga chiqqan ilk «MYu» futbolchisiga aylandi.

«Manchester Yunayted» turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi yakshanba, 1-fevral kuni o'z maydonida «Fulhem»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh Runi qayd etgan natijani takrorladi