Sergio Ramos Sevillya klubini 450 mln yevroga olishni ko'zlamoqda

Ispan OAVlari sobiq “Real” himoyachisi Sergio Ramos “Sevillya”ni sotib olishi mumkinligi bo'yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Ramos klubda rahbarlik lavozimini egallashi ehtimoli tilga olingandi, keyin esa uning jamoani to'liq xarid qilish varianti ham muhokamaga chiqqan.
Cadena Ser Carrusel Deportivo’ga tayanib xabar berishicha, Ramos “Sevillya” uchun 450 mln yevro to'lashga tayyor. Futbolchining yuristlari masalani faol o'rganmoqda, biroq jarayon bir necha oyga cho'zilishi mumkin.
Manbalarga ko'ra, klubning amaldagi egalari natijalar pasaygani va moliyaviy muammolar kuchaygani ortidan “Sevillya”ni sotishga qaror qilgan.
Ramos tomoni “Sevillya”ning moliyaviy hisobotlarini sinchiklab tekshiradi. La Ligada 21-turdan keyin jamoa turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!