Kroos Real muxlislari uchun El Klasiko juda muhimligini aytdi

Toni Kroos muxlislar uchun «Real» va «Barselona» o'rtasidagi «El Klasiko» bahslari natijasi haddan tashqari katta ahamiyatga ega ekanini aytdi. Uning fikricha, ayrim «Real» ishqibozlari mavsum yakunida chempion bo'lishdan ko'ra, ikkala «El Klasiko»da ham g'alaba qozonishni afzal ko'rishi mumkin. La Liganing birinchi davrasida «Real» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan, ikkinchi uchrashuv may oyida «Kamp Nou»da o'tkaziladi.
Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos muxlislar uchun «Barselona»ga qarshi o‘yinlar natijasi haddan tashqari katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kroosning fikricha, agar «Real» ishqibozi mavsum yakunida chempion bo‘lish yoki sovrinsiz qolsa-da, ikkala «El Klasiko»da ham g‘alaba qozonish o‘rtasida tanlov qilishi kerak bo‘lsa, u qaysi variantni tanlashini oldindan aytish qiyin. «Hatto, rostini aytsam, u ikkala “El Klasiko”ni yutishni afzal ko‘rishi mumkinligidan xavotirdaman», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
La Liganing birinchi davrasida «Real» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Ikkinchi davradagi uchrashuv may oyida «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Hozirda «Barselona» La Ligada peshqadam, «Real» esa ikki ochko ortda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» «Real»ni 3:2 hisobida yenggan edi.






























Izohlar 0
…