Madridning Real klubi Betis markaziy himoyachisiga ko'z tikdi

“Betis”ning markaziy himoyachisi Natan Bernardo de Souza “Real”ning transfer ro‘yxatiga kirib qoldi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Sevilya klubi braziliyalik futbolchi uchun 40–50 million yevro atrofida narx belgilagan. 2030 yil iyunigacha mo‘ljallangan amaldagi shartnoma egasiga “Chelsi” va “Nyukasl” ham qiziqish bildirmoqda.
Natan 2024 yildan beri “Betis” sharafini himoya qiladi: u “Napoli”dan 1 million yevroga ijara asosida kelgan, keyingi mavsumda esa 9 million yevroga to‘liq sotib olingan.
Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi va 8 marta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing