Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda BAAning "Al-Ahli" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.
Unda 2:0 hisobi qayd etilib, "temiryo‘lchilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 20-soniyasidayoq hisob ochildi. Bikmaevning chap qanotdan ko‘targan to‘pini Salamat Quttiboyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 57-daqiqada bo‘lsa, tinib-tinchimas Bikmaevning o‘zi birga-bir vaziyatda ikkinchi golni urdi.
Shu tariqa "Loko" juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Osiyo Chempionlar ligasi, 2-tur
"Lokomotiv" - "Al-Ahli" — 2:0
Gollar: SalamatQuttiboyev (1), Marat Bikmaev (57)
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sardor Mirzaev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhammad Kone, Shuhrat Muhammadiev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov, Salamat Quttiboyev, Marat Bikmaev.
"Al-Ahli": Majid Nosir, Salmin Hamiz, Asamoa Giyan, Habib al-Fardan, Volid Abbos, Everton Ribero, Hamiz Ismoil, Muhammad Sebil, Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan, Makete Diop. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi