Daniyel Maldini Atalantadan ijaraga Lazio safiga o'tdi

"Lazio" klubi "Atalanta"dan hujumkor yarim himoyachi Daniyel Maldinini ijara asosida safiga qo'shib oldi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik to'liq sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan. 24 yoshli Daniyel "Milan" afsonasi Paolo Maldinining o'g'li bo'lib, faoliyatini "Milan"da boshlagan va 2024 yilda klubni tark etgan. "Lazio" A Seriya turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda va 30-yanvar, juma kuni 00:45 da "Jenoa"ni qabul qiladi.
Rimning «Lazio» klubi rasmiy sayti orqali tarkib kuchayganini ma’lum qildi. Jamoa «Atalanta»dan hujumkor yarim himoyachi Daniyel Maldinini ijara asosida safiga qo‘shib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klublar o‘rtasidagi kelishuvda futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
24 yoshli Daniyel — «Milan» afsonasi Paolo Maldinining o‘g‘li. U futbolchilik yo‘lini «Milan»da boshlagan, bir necha bor ijaraga berilgach, 2024 yilda klub bilan butunlay xayrlashgan edi.
Ayni paytda «Lazio» A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Rimliklar navbatdagi uchrashuvini 30-yanvar, juma kuni o‘z maydonida «Jenoa»ga qarshi o‘tkazadi — o‘yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.






























Izohlar 0
…