Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qilmoqchi

«Yuventus» bosh murabbiy Luchano Spallettiga 2028 yil yozigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Biroq mutaxassis rahbariyatdan o'zi istagan futbolchilarni olib berish bo'yicha aniq kafolatlarni kutmoqda. Spalletti «Yuventus»ni 2025 yil oktyabr oxirida qabul qilib olgan, uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Turinliklar A Seriyada 22 turdan so'ng 42 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochkoga ortda qolgan.
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klub mutaxassisga 2028 yil yozigacha mo'ljallangan yangi bitim taklif qilmoqchi. Biroq Spalletti shoshilmayapti: u rahbariyatdan murabbiy istagan futbolchilarni olib berish bo'yicha aniq kafolatlar kutmoqda.
Spalletti «Yuventus»ni 2025 yil oktyabr oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hozirda turinliklar A Seriya jadvalida 22 turdan so'ng 42 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochkoga ortda qolgan.






























Izohlar 0
…