
Bolgariyaning Varna shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik yosh sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, turnirda O‘zbekiston, Bolgariya, Ruminiya, Moldova, Rossiya, Gruziya, Yaponiya, Vengriya, Xorvatiya, Ispaniya, AQSh va Ukraina terma jamoalari qatnashgan.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Islom Bahromov, Mirzobek Rahmatov va Jalg‘as Berdimurodov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi. M.Rahmatov, shuningdek, yosh polvonlar orasida “Eng yaxshi texnika sohibi” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi. To‘rabek Tirkashev va Fazliddin Namozov bronza medal bilan taqdirlandi.
Erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Rustam Jo‘raev va Bahodir Aslonov o‘z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ramazon Ibodov, Muhammadali Muxtorov va Hasanboy Rahimov esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar