Genich Atletiko bilan o'yinda ishonchli g'alabani kutmoqda

Mashhur futbol sharhlovchisi Konstantin Genich Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turi doirasida bo'lib o'tadigan Madridning «Atletiko»si hamda Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoalari o'rtasidagi bahs yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning ta'kidlashicha, «Atletiko» uchun bu uchrashuvda g'alaba qozonish juda muhim: madridliklar o'zlaridan yuqorida turgan raqiblarning ochko yo'qotishiga ham umid qilishi kerak. Sharhlovchi «Atletiko»ning (-1,5) fора bilan yutishini tanlashini aytdi.
«Atletiko» — «Bude-Glimt» uchrashuvi bugun, 28 yanvar kuni Madridda o'tkaziladi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing