Jalovich Makarov Galatasarayga qarshi maydonga tushishga tayyor dedi

"Kayserispor" bosh murabbiyi Radomir Jalovich jamoaning yangi futbolchisi Denis Makarov holati haqida fikr bildirdi. Mutaxassisdan Superliga doirasida "Galatasaray"ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o‘yinda Makarov ilk bor maydonga tushishga tayyormi, degan savol so‘raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jalovichning aytishicha, Denis Makarov debyut uchun to‘liq tayyor. Murabbiy futbolchining uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi yoki zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi masalasi hali aniqlashtirilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Makarov "Kayserispor" safiga Moskvaning "Dinamo" klubidan ko‘chib o‘tgan.
"Galatasaray" – "Kayserispor" bahsi yakshanba, 1-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Hozirda "Kayserispor" Turkiya chempionati jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!