Barselona Levante hujumchisi Eyong transferidan voz kechdi

“Barselona” “Levante” hujumchisi Etta Eyongni tarkibga qo‘shish rejasidan qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diario SPORT xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun kurashni to‘xtatishga qaror qilgan. Kamerunlik forvard shartnomasida 30 million yevrolik tovon puli belgilangan bo‘lib, “ko‘k-anorranglilar” bu miqdorni to‘lashga tayyor emas. Klubda Angliya Premyer-ligasi jamoalari bunday summani bemalol qoplay olishini ham yaxshi tushunishmoqda.
Etta Eyong 2025 yilda 3 million yevro evaziga “Vilyarreal”dan “Levante”ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 19 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urdi va 3 assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni transfer oynasi davomida OAV Eyongning CSKAga ehtimoliy o‘tishi haqida ham yozgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!