date

Goretska Bavariyadan ketishi mumkinligini inkor etmadi

Goretska Bavariyadan ketishi mumkinligini inkor etmadi

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska Myunxen klubi bilan bog'liq kelajagi haqida tarqalgan gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, vaziyat qulay bo'lsa, u jamoada qolishni istaydi: Myunxen shahri unga yoqadi va u bu yerda o'zini erkin his qiladi.

Shu bilan birga, Goretska klubini o'zgartirish ehtimoli ham borligini tan oldi. Uning fikricha, faoliyati davomida chet elda o'ynab ko'rish g'oyasi juda qiziqarli: u bunday variantni avval ham ikki marta ko'rib chiqqan, biroq o'shanda ataylab rad etgan. Germaniyadan tashqariga chiqish esa shaxsiy rivojlanish uchun ham muhim qadam bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, ommaviy axborot vositalarida Leon Goretskaning Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi. "Matraschilar" uni "Tottenhem"ga ketgan Konor Gallagerni almashtirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Goretska Bavariyadan ketishi mumkinligini inkor etmadi