Nepomnyashchiy Makarov Turkiya klublariga mos keladi dedi

Turkiya klublarida ishlash tajribasiga ega rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Denis Makarovning «Kayserispor»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Yarim himoyachi Moskvaning «Dinamo»sini erkin agent sifatida tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Makarovning Turkiyada o‘zini ko‘rsatib ketishi kafolat emas: u avvalo yangi muhit va turmush tarziga moslashishi kerak. Nepomnyashchiy o‘yin sifati jihatidan futbolchi turk jamoalariga mos kelishini, biroq mentalitet va maishiy tomondan savollar borligini ta’kidladi.
«Kayserispor» hozircha quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashmoqda: jamoa 15 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. 27 yoshli Makarov joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!