
«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakuniga etgach, Londonning «Arsenal» klubini boshqarishni rejalashtirmoqda.
Calciomercato nashri bergan xabarga ko‘ra, 49 yoshli italiyalik mutaxassis bu haqda o‘zining yaqin do‘stlariga ma’lum qilgan.
Allegri «Yuventus» rahbariyati uni etarli darajada qo‘llab-quvvatlamayotganidan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa himoyachi Leonardo Bonuchchi bilan yuzaga kelgan vaziyatda bu yaqqol sezilgan. Endilikda murabbiy jamoani tark etishni istamoqda.
O‘z navbatida turinliklar ham uning o‘rniga boshqa murabbiy izlab, hozircha «Roma» bilan shartnomani uzaytirishni istamagan Luchano Spalletti nomzodiga to‘xtalib turishibdi. Ammo hozircha bunga «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli qarshi bo‘lib turibdi. Sababi, o‘z vaqtida Spalletti «Zenit» bosh murabbiyligini qabul qilib olishdan avval, turinliklar taklifini rad qilgan va bu Anellining hamiyatiga tekkandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar